Turkiya Rossiyani Montryo konvensiyasi nizomini bo‘zganlikda ayblamoqda

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Mediabankka o‘tish"Sezar Kunikov" nomli harbiy desant kemasi Sevastopolda
Sezar Kunikov nomli harbiy desant kemasi Sevastopolda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gap “Sezar Kunikov” nomli harbiy desant kemasining Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tishi haqida ketmoqda.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Turkiya OAVlarida Rossiya harbiy kemasining Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tish paytida, qo‘lda ko‘chma zenit-raketa kompleksi (KZRK) tutgan Rossiya harbiysining surati paydo bo‘lishi munosobati bilan, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Andrey Karlovni huzuriga chaqiradi. 

Turkiya OAV ta’kidlashiga ko‘ra, “Sezar Kunikov” nomli harbiy desant kemasi Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tish vaqtida Rossiya harbiysi qo‘lida  ko‘chma zenit-raketa kompleksi (KZRK) tutib turgan. Turkiya TIV Mavlud Chavusho‘g‘lu ushbu voqeani "provokatsiya" deb atadi.

Turkiya Transport vaziri Binali Yildirim bo‘lsa, Rossiyani Bosfor va Dardanelli bo‘g‘ozlari maqomiga bag‘ishlangan Montre konvensiyasini buzishda aybladi.

Eslatib o‘tamiz Rossiya va Turkiya munosobatlari 24-noyabrda Suriya hududida Rossiya harbiy havo kuchlariga tegishli Su-24 samolyoti Turkiya tomonidan urib tushirilganidan keyin sodir bo‘ldi.

Putin ushbu fojeani “Terrorchilar hamtovoqlari tomonidan zimdan berilgan zarba” deb baho berdi. Turkiya bo‘lsa Su-24 Turkiya havo chegarasini buzganlikda ayblamoqda.

Fojeadan keyin Rossiya Turkiyaga qarshi iqtisodiy cheklashlar qo‘llash haqida qaror qabul qilindi. Xususan Rossiya fuqarolarining Turkiyaga sayohati, Turkiyada ishlab chiqarilgan oziq-ovqatlar olib kirish, Turkiya kompaniyalarinig va fuqarolarining Rossiyada ish faoliyati va boshqa sohalarga cheklash qo‘yildi. Turkiya deputatining fikriga ko‘ra, ushbu choralardan Turkiya 20 mlrd $ zarar ko‘rishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0