Latviya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi

Obuna bo‘lish
Mamlakat bosh vaziri Laymdota Strauyuma, o‘z o‘rniga Ichki ishlar vaziri Rixard Kozlovskis yoki Tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevich kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Latviya Bosh vaziri Laymdota Strauyuma dushanba kuni davlat hukumati iste’fo berganini e’lon qildi.

Bosh vazir matbuot-xizmatida Strauyuma Latviya prezidenti Raymond Veyonis bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng, o‘zining ushbu qarorini e’lon qildi, deb ta’kidlashmoqda.

Matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, ushbu uchrashuv rejadan tashqarida o‘tkazilgan. Gap shundaki, bosh vazir dushanba kuni ertalab, o‘zining uchrashuv haqidagi rejasini ma’lum qilgan.

Delfi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Veyonis Vazirlar Mahkamasining iste’fosini qabul qilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0