Dunyoda

Turkiya harbiylariga Iroq hududini tark etish uchun 48 soat muhlat berildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turk harbiylari 48 soat ichida mamlakat hududini tark etishmasa, Iroq hukumati BMT Havfsizlik Yigʻiniga arz qilishini aytdi.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Iroq hukumati Turkiya harbiylaridan mamlakat hududini tark etishini qatʼiyan talab qildi.

“Turkiya qoʻshimcha harbiy boʻlinmalarni Iroqqa olib kirish fikridan yiroq. Biz Iroq bilan ID (Daish)ga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirmoqchi edik, xolos. Iroq mustaqilligiga, mamlakat hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish niyatidan yiroqmiz” — dedi yakshanba kuni Turkiya Bosh vaziri Axmad Dovutoʻgʻli.

Iroq hukumati xabariga koʻra, 4 dekabr kuni Turkiya tank bataloni Qurd xalq qoʻshinlarini terrorchilarga qarshi jangga tayyorlash bahonasida Iroqning Naynava qishlogʻiga kirib borgan.

Shundan soʻng, Iroq diplomatiyasi muassasasi Turkiya harbiylari Iroq hududini tark etishlarini talab qilgan. Turkiya harbiylarining mamlakat hududida mavjudligi “adovatli harakat” sifatida baholangan. Iroq parlamenti Havfsizlik va mudofaa qoʻmitasi rahbari Xakim az-Zamli Turkiya harbiylari mamlakat hududini tark etmaydigan boʻlsa, ularga hujum uyushtirilishini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0