TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Turkiya Rossiyaning harakatlariga javoban o‘z navbatida Rossiyaga qarshi viza rejimini o‘rnatishdan bosh tortmoqda, deb xabar berishdi Turkiyaning Rossiyadagi elchixonasida.
"Turkiya Rossiya fuqarolariga nisbatan viza rejimini kiritmaydi, chunki turk xalqi Rossiya xalqini inoq, ahil, deb biladi", — javob berishdi diplomatlar.
Rossiya turoperatorlari Jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, rossiyaliklarning Turkiyaga chiqishiga cheklov qo‘yilishi Turkiya shaharlariga yo‘lovchilar oqimini 70 foiz kamaytiradi.