Taniqli rassom va me’mor Rafael Xayrutdinov olamdan o‘tdi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishGullar va xotira shamlari
Gullar va xotira shamlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Me’morning Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalar zalida shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishiga atigi ikki kun qolgandi.

TOShKENT, 4 dek ─ Sputnik. Benkov nomidagi rassomchilik bilim yurti, Kinochilar uyi singari me’morchilik loyihalari muallifi 83 yoshida Toshkentda hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beriladi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rasmiy saytida.

Bugun ochilgan ko‘rgazmada me’mor xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlandi. Badiiy akademiya rahbari Akmal Nuriddinov, markaziy ko‘rgazmalar zali rahbar o‘rinbosari Lyudmila Kodzayeva, rassom Vladimir Chub, me’mor Sergo Sutagin Rafael Xayrutdinovni xotirlab, so‘zga chiqdilar.

Rafael Xayrutdinov o‘z ijodiy faoliyati davomida poytaxt va mamlakatning boshqa shaharlarini bezab turgan 50 dan ortiq me’morlik loyihalarini ishlab chiqdi. Uning bevosita ishtiroki  va hammuallifligida Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zali, Kinochilar uyi, Benkov nomidagi rassomchilik bilim yurti binolari, ko‘plab mehmonxona va istirohat bog‘lari, poytaxtdagi Qoratosh mavzesi, Mirobod bozori va boshqa obyektlar loyihalari ishlab chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0