O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati esa hozircha bu xabarga izoh bermagan.
“O‘zbekiston futbol federatsiyasi faks yo‘llab, xavfsizlik tufayli Turkiyadagi yig‘inini bekor qilganini ma’lum qildi hamda o‘rtoqlik o‘yinini 9-fevral kuni Dubayda o‘tkazishni taklif qildi. Moldova futbol federatsiyasi hozirda BAAda o‘ynash uchun ikkinchi raqib qidirmoqda. Agar topilsa, terma jamoa Dubayda yig‘in tashkil qiladi», – deya xabar qilgan Moldova futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Ion Testimitsanu.
Eslatib o‘tamiz, O‘FF rasmiy sayti 25-noyabr kuni Moldova va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida 2016-yilning 9-fevral sanasida, Turkiyaning Antaliya shahrida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandi.
Biroz oldinroq esa, terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov Moldova bilan o‘rtoqlik uchrashuvi haqidagi xabar asossiz ekanligini aytgandi.