Tolibonlarga aloqador Rossiya fuqarosi umrbod qamoqqa mahkum qilindi

Obuna bo‘lish
Irek Xamidullin Afg‘oniston urushining birinchi harbiy asiri, AQSh uni sud qilish uchun o‘z hududiga olib keldi.

TOShKENT, 4 dek ─ Sputnik. AQSh sudi Rossiya fuqarosi Irek Xamidullinni, Afg‘onistondagi tolibonlar harakati tarkibida, Amerika harbiylariga qarshi tajovuz qilganlikda va ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanganlikda ayblamoqda, deb xabar berdi AQSh Adliya vazirligi.

Xamidullin tolibonlar harakati rahbarlari bilan aloqada bo‘lgan. U Afg‘on chegarachilariga Amerika vertolotlarini yordamga chaqirib, so‘ngra qurol yordamida ularni yo‘q qilishni shaxsan rejalashtirgan va amalga oshirishda ishtirok etgan. Bundan tashqari, Afg‘on chegara politsiyasi a’zolari va ularga yordam beruvchi Amerika askarlarini o‘ldirish maqsadida, u harbiylar yollagan va ular bilan mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

Ellik besh yoshli Irek Ilgiz Xamidullin, Rossiya fuqarosi, Rossiya armiyasining sobiq tankchi bugun umrbod qamoq jazosi va qo‘shimcha o‘ttiz yillik qamoqqa mahkum etildi. U Amerikaga qarashli vertolotlarni urib tushirishda, Amerika va afg‘on askarlarini o‘ldirish maqsadida, til biriktirganlikda ayblandi.

Advokatlar Xamidullinga dindor, oilaparvar, tolibonlar uchun go‘yoki tarjimonlik vazifasini bajargan shaxs sifatida ta’rif berdilar. Ammo ayblanuvchiga bu yordam bermadi. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarning 15 bandi bo‘yicha aybdor deb topildi. Xamidullin ustidan hukm Richmond federal sudi(Virjiniya shtati)da o‘qildi.

Naberejni Chelnida tugilgan Xamidullin harbiy o‘quv yurtini tamomlagach, Sovet Ittifoqi armiyasida tankchi bo‘lib xizmat qilgan. Madrasadagi tahsildan so‘ng Chechenistondagi jangarilar lagerlariga borib turgan. So‘ng o‘ziga tarafdorlar to‘plab, ularni Afg‘onistonga o‘tkazgan va o‘sha yoqda tolibonlar safiga qo‘shilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0