TOShKENT, 4 dek ─ Sputnik. Taraqqiyot va Ohangaron ko‘chalarini bog‘lovchi yangi yo‘l kelasi yil ochiladi, Toshkent hokimiyati vakilining xabariga ko‘ra.
Ushbu yo‘l qurilishi Sentabr oyida boshlangan edi. Yo‘lsozlar yo‘l qurilshi uchun joy tayorlab uning yonidan tramvay yo‘lini ham yotqizishni boshlashgan edi. Noyabrning o‘rtalarida ushbu qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yildi.
“Yangi yo‘l albatta quriladi, buning uchun Toshkent shahar budjetidan mablag‘ ajratilgan. Qurilishni vaqtincha to‘xtatish – ob-havo bilan bog‘liq. Quruvchilar barcha tayorlov ishlarini o‘tkazdilar, faqat asfalt-beton qatlami yotqizish ishlari qoldi. Ushbu ishlarni sovuq havoda, qish oylari olib borish mumkin emas”, — dedi hokimiyat vakili.
Ushbu xil yo‘l qoplami yotqizish maxsus shartlar talab qiladi. Sifatli yo‘l qurish uchun barcha shartlarni bajarishg kerak, xususan temperatura rejimini ham.
Yangi yo‘lning umumiy uzunligi 3km ni tashkil qiladi. Unga paralell tarzda tramvay yo‘li ham yotqiziladi. Qurilsh 2016-yil Fevralidan davom ettiriladi.
Bugun Taraqqiyot ko‘chasi va uni kesib o‘tuvchi Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari poytaxtni Chirchiq va Bo‘stonliq tumanlari bilan bog‘lovchi asosiy transport magistrali bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda bu yerda doimiy ravishda yo‘l tiqinlari bo‘lib turadi. Yangi yo‘l qurilshi ushbu muammoni hal qilishi kerak.