TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi payshanba kuni 2016-yilda 993 ming ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini ma’qulladi.
Ushbu dasturga, xorijiy mamlakatlardan, xususan, murakkab iqtisodiy vaziyat tufayli Rossiyadan O‘zbekistonga qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ham kiritilgan.
Yaratilayotgan 993 ming nafar ish o‘rnidan 148 minggi xorijdan qaytib kelishi mumkin bo‘lgan migrantlar uchun mo‘ljallangan. Rossiya Federal Migratsiya Xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya hududidagi o‘zbek migrantlari soni 2,1 millionni tashkil qiladi.
Dasturga asosan tijorat banklari O‘zbekistonga qaytib kelgan mehnat migrantlariga kichik kreditlar berishadi. Ular ushbu kreditlar hisobidan chet elda ortirgan tajribalari asosida o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari va rivojlantirishlari mumkin bo‘ladi.