TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Sochi aeroportida eng punktual aviakompaniya deb tan olindi, kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra.
Sochi, Krasnodar, Anapa va Gelendjik aeroportlarini boshqaruvchi aviatsiya xoldingi Bazel Aero, 2015-yil yozgi parvozlar natijasi bo‘yicha, O‘zbekiston Havo Yo‘llariga Krasnodar viloyatida aviatsiya tashuvlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun faxriy yorliq topshirdi.
Ushbu yilning iyul oyida Domodedovo aeroporti O‘zbekiston Havo yo‘llari 138 reysni jadvalga muvofiq ravishda bajargani uchun “eng punktual kompaniya”, — deb tan oldi.
Bugungi kunda O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Yevropa, Osiyo, Amerika va Yaponiyaning 40dan ortiq shaharlariga parvozlar tashkil qilib kelmoqda. Dunyoning 25 mamlakatida kompaniya vakolatxonalari ochilgan.