O‘zbekistonda amnistiya e’lon qilindi

© fotoliaQonun va odil sudlov ramzlari
Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar, ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, shuningdek chet el fuqarolari va 60 yoshdan oshgan erkaklar jazodan ozod qilinishi mumkin.

 

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Konstitutsiya qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan “Amnistiya to‘g‘risida Qaror” qabul qildi.

Ta’kidlanishicha, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar, ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, shuningdek chet el fuqarolari va 60 yoshdan oshgan erkaklar jazodan ozod qilinishi mumkin.

2014 yilda 52,498 ming kishiga nisbatan amnistiya qo‘llanilgan, shundan 3,289 ming nafari ozodlikka chiqarilgan.

Uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlarga mazkur amnistiya akti tatbiq etilmaydi.

Amnistiya kimlarga nisbatan qo‘llanilishi haqida keyinroq ma’lumot beriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0