TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Amerikaning Foreign Policy jurnali Vladimir Putinni "Dunyo mutafakkirlari" ro‘yxatiga kiritdi.
Putin ushbu ro‘yxatda “tinchlik o‘rnatish uchun bomba tashlayotgan shaxs” sifatida e’tirof etilgan. Bunga Rossiya harbiy kuchlarining Suriyada o‘tkazayotgan jangovar operatsiyasi sabab bo‘lgan.
Foreign Policy nashrida keltirilishicha, Rossiyaning harakatlari natijasi sifatida prezident Bashar Asad pozitsiyasi mustahkamlanganligini tan olish mumkin. “Har qanday tinlik o‘rnatish jarayonida Rossiya muhim rol o‘ynashini" isbotladi, deyilgan nashrda. Bundan tashqari, Putin o‘z xatti-harakatlari bilan “Amerikani ortda qoldirgani” ham alohida e’tirof etilmoqda.
"Qaror qabul qiladigan insonlar” ro‘yxatidan boshqa siyosatchilar ham o‘rin olgan. Jumladan, GFR kansleri Angela Merkel “qochoqlarga nisbatan qo‘llagan no‘noq siyosati uchun”, AQSh energetika vaziri Ernest Monis va Eronning Atom agentligi rahbari Akbar Solih “Fanning fan bilan tortishuvi” nominatsiyasida ro‘yxatga kiritildi.
Foreign Policy amerikaning nufuzli nashrlaridan biri bo‘lib, jurnal har yil oxirida dunyoning yetakchi 100 mutaffakirlar ro‘yxatini chop etadi. Ushbu ro‘yxat, odatda ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘ladi va dunyoning ko‘plab OAVlarida chop etiladi.