NATO Chernogoriyani a’zolikka taklif qildi

Obuna bo‘lish
Chernogoriyada o‘tkazilgan ijtimoiy izlanishlar aholining yarmidan kami mamlakatning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatgan edi.

 

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. NATO Chorshanba kuni Chernogoriyani 29–a’zo sifatida taklif qildi, Alyansning rasmiy vakili Oana Lungeskuning xabariga ko‘ra.

“NATO mamlakatlari Chernogoriyani alyansga taklif qilib, tarixiy qaror qabul qildi”, — dedi Lugnesku o‘z xabarida.  

Yens Stoltenberg seshanba kuni Brusselda bo‘lib o‘tgan NATO mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari majlisida, Chernogoriyaning Alyansga qo‘shilishi masalasi ko‘rib chiqilishi va qabul qilish jarayoni ommaviy qo‘llab-quvvatlanishi kuzatib borishini ta’kidlagandi.

“Albatta bu hali hammasi emas. Mamlakat Mudofaa tizimini moslashtirish borasida katta ishlar bajarish lozim. Jumladan, ichki islohotlar o‘tkazish, huquq ustuvorligini ta’minlash kerak”, — dedi Yens Stoltenberg Alyans majlisida.

Kecha Chernogoriya prezidenti Filip Vuyanovich o‘z sahifasida Chernogoriya NATO a’zosi bo‘lganidan keyin Yevropa Ittifoqligiga kirish jarayoni tezlashadi, deb yozgandi.

Chernogoriya 2006-yilda, ya’ni mustaqilligi e’lon qilingan vaqtdan NATOga a’zo bo‘lishni kutayotgan edi. Ushbu maqsadda hukumat diplomatiya va mamlakat ichida NATOga a’zolikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy fikrni shakllantirish uchun faol tadbirlar o‘tkazdi.  

O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar mamlakat aholisining yarmidan ozrog‘i NATOga a’zolik tarafdori ekanligini ko‘rsatdi.

Oldinroq, Rossiyaning Podgoritsadagi elchixonasi Chernogoriyaning NATOga a’zo bo‘lishga qaratilgan hatti-harakatidan va Rossiya-Chernogoriya munosobatlarining kelajagidan xavotirda ekanligini bildirgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0