O‘zbekiston milliy musiqa merosi raqamlashtirildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston San’atshunoslik instituti xodimlari tomonidan 50-yillarda respublikaning turli burchaklaridan yig‘ilgan, o‘zbek an’anaviy milliy musiqasining rango-rangligini mujassam etgan materiallar raqamlashtirish natijada, sakkizta musiqiy CD va ikkita DVD disk yaratildi.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston San’atshunoslik instituti YuNESKO ko‘magida o‘zbek an’anaviy musiqasi kolleksiyasini raqamlashtirishni yakunladi. Ushbu musiqalar uzoq yillar davomida respublikaning eng chekka hududlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida to‘plangan. Loyiha natijalari haqida institut xodimlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbir davomida batafsil so‘zlab berdilar.

Loyiha rahbari Shokir Pidayevning so‘zlariga qaraganda, institut xodimlari 50-yillar boshlarida nomoddiy merosni hujjatlashtirish va saqlash ishlarini boshlaganlar. O‘nlab ekspeditsiyalar natijasida, milliy musiqiy madaniyatning o‘ziga xos yo‘nalish va xilma-xilligini aks ettiruvchi nihoyatda noyob materiallar to‘plashga erishilgan.

“Biz amalga oshirgan ish bir tomondan olib qaralganda, unchalik katta xajmga ega emasdek ko‘rinishi mumkin, ammo oddiy odamlar tushunadigan formatga o‘giriladigan bo‘lsa — bu ulkan mehnat”, —deydi Pidayev.

Institut xodimlari 252 kilometr tasmani tinglab, raqamlashtirdilar. Raqamlashtirilgan material davomiyligi 156 soatni tashkil qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0