Yakutiyada olmosli yer ko‘chishi ro‘y berdi

© Yakovlev / Mediabankka o‘tishYakutiya olmoslari
Yakutiya olmoslari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyqasimon massa 2004-yildan buyon foydalanilmaydigan “Alrosa” boyitish fabrikasi hududida ko‘chgan. Ushbu qum zahirasi keyinchalik unda qimmatbaho toshlarni izlash uchun konservalab qo‘yilgan edi.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Yakutiyaning Mirniy-Lensk ko‘chalari olmos konidan ko‘chgan loyqa tufayli yopildi. Ko‘chgan massa tarkibida olmoslar borligi ehtimoldan xoli emas, deb xabar beriladi Saxa(Yakutiya) respublikasi hukumati saytida.

Gap shundaki, qum takroran yuvilib, qimmatbaho toshlarni izlash ishlarini olib borish uchun konservalab qo‘yilgan edi. 2004-yildan buyon foydalanilmaydigan "ALROSA  boyitish fabrikasi hududidan loyqasimon massa ko‘chishi 28-noyabr kuni kechasi ro‘y bergan.

Saytda xabar berilishicha, o‘tgan asrning 60-yillarida barpo etilgan fabrikada, olmoslarni qazib olish ishlari 88 foiz amalga oshirilgan. Abadiy muzloq yer ko‘tarilishi natijasida nam qumning sitilishi “olmosli ko‘chish”ni yuzaga keltirgan, degan taxmin hozirda ilgari surilmoqda.

“ALROSA” fabrikasi tog‘-kon texniklari hozirda ko‘chish ro‘y bergan hududda suratga olish ishlarini olib bormoqdalar.

 

Yangiliklar lentasi
0