O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi o‘zgaradi

© Sputnik / StringerO‘zbekistonning Rossiyadagi sobiq elchisi Akmal Kamolov
O‘zbekistonning Rossiyadagi  sobiq elchisi Akmal Kamolov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akmal Kamolov ushbu lavozimda bir yil ishladi.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi o‘zgaradi, O‘zbekiston TIV Facebook sahifasida keltirilgan xabarga ko‘ra.

Akmal Kamolov ushbu lavozimda 2014-yilning oktabr oyidan boshlab faoliyat yuritayotgan. Endi Kamolov "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi boshqarma raisi etib tayinlandi.   

"O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi paxtani qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan. Xolding prezident Islom Karimov Qarori bilan oktabr oyining oxirida tashkil qilingan edi.  

Hozirgi kunda Moskvada O‘zbekiston elchisi vazifasi bo‘sh qolmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0