Rossiya sanksiyalaridan Turkiya yiliga 20 mlrd $ yo‘qotadi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishBush plyaj
Bush plyaj - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya deputatlari hisob-kitobiga ko‘ra Rossiya iqtisodiy sanksiyalaridan Turkiya yiliga 20 mlrd $ yo‘qotadi. Asosiy zararni Antaliya dam hududi ko‘radi.

TOShKENT, 1 dek – RIA Novosti. Turkiya parlamentining bir guruh deputatlari, Rossiya sanksiyalaridan Antaliya hududiga yetadigan zarar yiliga 6,5 milliar dollarni tashkil qilishi mumkin, Hurriyet Daily News gazetasi xabariga asosan.

Deputat va Antaliya shahar sobiq hokimi Mustafa Akaydin matbuot anjumanida ta’kidlashiga ko‘ra, Rossiya bilan munosobatlar keskinlashuvi tufayli, Antaliya hududi turizm sohasida 6 mlrd  $ va qishloq xo‘jaligida 500 mln $ yo‘qotadi. Uning fikriga ko‘ra, ikki davlat orasidagi mojaroni mumkin qadar tezroq bartaraf qilish kerak.

Akaydin Gazipasha shahridagi ulgurji meva sabzavot sotish bozori yopilganini xabar berdi. Uning so‘zlariga qaraganda hukumat ortib qolgan meva va sabzavotlarni kam daromadli aholiga tarqatishi mumkin. Deputat, hudud dehqonlari mahsulotlarni uchinchi mamlakat orqali  Rossiyaga eksport qilish yoki eksport uchun boshqa bozorlar izlash niyatida ekanlgini aytdi.  

Antaliya turistik biznesi ushbu yil, Rossiyadan turistlar soni kamayishi munosobati bilan, daromadining 25 %  yo‘qotdi, yaqinlashib kelayotgan inqiroz butun Turkiya hududiga zarar yetkizadi, dedi Antaliya Savdo va sanoat palatasi rahbari Chetin Osman Budak.

“Turkiyaning Rossiyaga eksportdan oladigan foydasi yiliga 6 mlrd. $, turizmdan – 7 mlrd. $ni tashkil qilardi. Bundan tashqari mamlakatlar orasida xususiy tadbirkorlar savdosi yaxshi rivojlangan edi. Uning hajmi 2013-yilda 8,5  mlrd. $, 2014-yilda 6  mlrd. $ ni tashkil qilgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda Rossiya bilan munosobatlar yanada murakkablashsa Turkiya bundan 20 mlrd. $ gacha zarar ko‘rishi mumkin. Bu mamlakat YaIMining 3%ni tashkil qiladi”, — dedi Budak.  

Eslatib o‘tamiz 28-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin, fuqarolar xavfsizligini saqlash maqsadida Turkiyaga nisbatan bir qator iqtisodiy choralarni qo‘llash haqida qaror qabul qilgandi. Unga ko‘ra Rossiya fuqarolariga Turkiya hududiga safar qilish tavsiya berilmaydi, charter parvozlar bekor qilinadi, Turkiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar va yetishtirilgan meva sabzavotlar importi ta’qiqlanadi va boshqa bir qator choralar.

Ushbu qaror Rossiyaga tegishli Su-24 harbiy samolyoti Turkiya havo kuchlari tomonidan Suriya osmonida urib tushirilganidan keyin va Turkiya ushbu fojea bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni xoxlamaganligi oqibatida qabul qilindi.   

Yangiliklar lentasi
0