Obama Moskva va Anqarani yarashtirishga urindi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya Prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on (chapda) va AQSh prezidenti Barak Obama
Turkiya Prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on (chapda) va AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyip Erdo‘g‘on bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, Amerika yetakchisi, Moskva va Anqara o‘z e’tiborlarini umumiy dushmanga qaratishlari zarurligini ta’kidladi. Erdo‘g‘on, o‘z navbatida, o‘rtadagi ziddiyatni yumshatishga umidvorligini bildirdi.

 

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Turk qiruvchi samolyoti tomonidan Suriya hududi yaqinida urib tushirilgan Su-24 Rossiya harbiy samolyoti bilan bog‘liq  mojarodan so‘ng, AQSh Prezidenti Barak Obama turk yetakchisi Toyip Erdo‘g‘on bilan Rossiya va Turkiya o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish iloji bor-yo‘qligini muhokama qildi, deya xabar qiladi RIA Novosti Reyter ma’lumotiga tayangan holda.

Amerika yetakchisi, Turkiya o‘zini himoya qilishga haqli, degan fikrni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. 

Erdo‘g‘onning fikriga ko‘ra, Rossiya bombardimonchi samolyoti bilan bog‘liq mojarodan so‘ng, o‘zaro munosabatlarda yuzaga kelgan inqirozni diplomatik yo‘l bilan bartaraf etgan ma’qul. Turkiya Rossiyani hozirga qadar o‘zining strategik hamkorlaridan biri deb hisoblaydi.

“Obama janoblari bilan birgalikda, Rossiya bilan yuzaga kelgan holatni muhokama qildik. Turkiya munosabatlardagi inqirozni diplomatik yo‘l bilan bartaraf etish tarafdori”, — dedi Erdo‘g‘on.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Su-24  samolyoti Suriya osmonida Turkiya havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Turkiya hukumati Rossiya bombardimonchi samolyoti ekipaji ogohlantirishlarga qaramasdan, Turkiya chegarasini buzib o‘tgan, degan fikrda qolmoqda. O‘z fikrini isbotlovchi dalillarni esa keltirolganicha yo‘q. NATO ham, bu borada, Turkiya fikriga qo‘shilmoqda.

Reyter ma’lumotiga ko‘ra, Vashington, Rossiya samolyoti Suriya osmonida urib tushirilganini tasdiqlovchi ma’lumotlarga ega, ammo bu xabar Pentagon tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0