TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Xalqaro valyuta fondi (XVF) Xitoy valyutasini rezerv valyutalar korzinasiga va maxsus shartlar asosida qarzga beriladigan valyutalar ro‘yxatiga (SDR) kiritdi. Ushbu ro‘yxatda hozirgi kunga qadar faqat AQSh Dollari, Yevro, Britaniya Funti va Yaponiya Iyenasi kiritilgan edi.
“XVF ijroiya qo‘mitasining ushbu qarori – Xitoy iqtisodiyotini xalqaro moliya tizimiga kiritishda muhim bosqich bo‘ladi. Bularning bari Xitoy hukumati davlat moliya va monetar tizimida olib borgan islohotlar natijasidir”, — deydi XVF tasarrufchi direktori Kristin Lagard.
XVF Osiyo — Tinch Okeani bo‘limi direktori Ri Chenyung aytishiga qaraganda, Xitoy Yuanini Xalqaro valyuta korzinasiga kiritilishi, dollar narxi oshishi va FRS moliyalash stavkasini oshirishi kutilayotgan paytda, rezerv valyutalar korzinasini yanada ishonchliroq qiladi.
SDR – XVF tomonidan chiqariladigan su’niy rezerv to‘lov vositasi bo‘lib undan faqat naqd pulsiz o‘tkaziladigan hisob-kitoblarda foydalaniladi. Yuanni xalqaro valyutalar korzinasiga kiritish uni rezerv valyuta deb hisoblashga huquq beradi.