Rossiyaning 40 dan ziyod oliy o‘quv yurtlari Turkiya bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishRossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)
Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya ta’lim vazirligi turkiyalik talabalarga nisbatan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan fitnalarni oldini olish maqsadida oliy o‘quv dargohlariga o‘z tavsiyanomasini yo‘lladi.

TOShKENT, 1 dek— Sputnik. Qirqdan ziyod Rossiya OTMlari bir yoqlama tartibda turk ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatdi yoki bekor qildi, xabar qiladi RIA Novosti Rossiya ta’lim vazirligi ma’lumoti asosida.

Ta’lim Vazirligi Turkiya bilan ilm-fan sohasida hamkorlikni to‘xtatishga oid hujjat loyihasini tayyorladi. Bundan tashqari, boshqarma, Rossiyada tahsil olayotgan turkiyalik talabalarga nisbatan ig‘volarning oldini olish maqsadida barcha ta’lim dargohlariga o‘z tavsiyanomalarini yo‘lladi.

Talabalarga nisbatan hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi, deb aniqlik kiritildi vazirlikda.
Bir oz oldin, noma’lum sabablarga ko‘ra, Moskvada joylashgan Butun Rossiya miqyosidagi Rudomino nomli chet el adabiyoti kutubxonasi qoshida tashkil etilgan Rossiya-turkiya ilmiy markazi yopildi. Markaz ikki tomonlama ilm-fanni rivojlantirish, o‘zaro madaniyatni o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, doira suhbatlari, seminarlar, konferensiyalar, yozgi va qishki maktablar, shuningdek, turk tilidagi kutubxona fondi va Turkiyada o‘z faoliyatini rus tilida olib boradigan tadqiqotlar fondini barpo etish ishlarini olib borgan.

Yangiliklar lentasi
0