“O‘zbekturizm” sayyohlikni rivojlantirishga doir hududlar ro‘yxatini tuzdi

Obuna bo‘lish
Kompaniya, turistik yo‘nalishga kiritilishi mumkin bo‘lgan 93 aholi punktini saralab olib, tadbirkorlarga ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishni taklif qildi.

 

Toshkent, 1 dek ­— Sputnik. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi ekoturizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan joylar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatga relyefi va iqlimi ta’riflangan to‘qsondan ortiq aholi punktlari kiritilgan. Bular, asosan, Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan Cholish va To‘qoy qishloqlari, Farg‘ona viloyatidagi Vodil, Shohimardon, Arsif va boshqa joylardir. Eng ko‘p turar joylar Jizzax viloyatidan o‘rin olgan. Bundan tashqari, ro‘yxatda tabiiy yodgorliklar ham mavjud.

“O‘zbekturizm” tadbirkor va ishlab chiqaruvchilardan ko‘rsatilgan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar kutib qolishini aytdi va ularni amalga oshirishda o‘z yordamini taklif qildi. 

 

Yangiliklar lentasi
0