O‘zbekistonda tarixiy shaharlarning turistik xaritalari tuziladi

Obuna bo‘lish
Barcha diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, restoran, teatr va muzeylar haqida ma’lumotlar mustaqil sayohatchilar uchun juda foydali bo‘ladi, deb hisoblaydi Gote instiuti vakili.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin kelajakda barcha tarixiy shaharlarning maxsus turistik xaritalari paydo bo‘ladi, Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra.

Turistik xaritalar chop etish Gote instituti tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyhaning bir qismidir. Institut vakilining so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston tarixiy-madaniy turizm sohasidi katta imkoniyatlarga ega, lekin bugungi kunda barcha yodgorliklar va turistik infraqurilmani birlashtiruvchi yagona baza yetishmaydi.  

“Maishiy qulayliklarga va ma’lum sayohlik an’analariga o‘rgangan, g‘arb mamlkatlaridan kelgan sayohatchi, O‘zbekistonda ham shunga o‘xshash qulayliklar qidira boshlaydi. Shuning uchun mehmonxonalar, madaniy obyektlar va xizmatlardan tashqari unga,   axborot manbai ham kerak bo‘ladi. Axborot manbaida nima, qayerda va necha pulga tomosha qilish mumkinliga haqida ma’lumot bo‘lishi kerak”, — dedi u.

Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, zamonaviy turistlarning ko‘pchilligi gid va tashkil qilingan guruhlarsiz mustaqil sayohat qilishga o‘rgangan. Bunday sayohatlarda barcha madaniy yodgorliklar, dam olish maskanlari, muzey va teatrlar  ko‘rsatilgan sayohlar xaritasiga ehtiyoj katta bo‘lishi turgan gap.

Loyhani amalga oshirishning birinchi bosqichida Termez arxeologik muzey bilan hamkorlikda Termezning turistik xaritasi tuzildi. Xarita rus, o‘zbek va ingliz tillarida chiqariladi. Unga Termezning 20 ta me’moriy yodgorliklari kiritilgan. Ular orasida Zurmala minorasi, Imom Termiziy, Kokildor ota va Culton Saodat majmualari, Fayoztepa, Zul-Kifl va Hokim Termiziy  yodgorliklari va boshqa obyektlar bor.

“Masalaning yana bir zarur tomoni, g‘arbiy sayohatchilarning tejamkorligidir. Barcha kerakli ma’lumot va narxlar ko‘rsatilgan xarita paydo bo‘lgani mehmonlarga o‘z safarlarini to‘g‘ri rejalashtirishga, vaqt va mablag‘ tejashga yordam beradi”, — deydi suhbatdosh.

Xarita A3 formatida chiqariladi. Yuz tomonida tarixiy obidalargacha bo‘lgan yo‘nalishlar xaritasi, ularning ro‘yxati va suratlari joylashtirilgan. Ichki tarfida ko‘rsatilgan obidalar haqida batafsilroq ma’lumotlar berilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0