TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Sobiq bosh vazir O‘tkir Sultonov Toshkentda 76 yoshida vafot etdi, mahalliy hukumat xodimi xabariga ko‘ra.
Davlat arbobining dafn marosimi yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
O‘tkir Sultonov 1995 – 2003-yillarda O‘zbekiston bosh vaziri vazifasida ishladi, undan oldin esa Tashqi Iqtisodiy aloqalar vaziri va bosh vazir o‘rinbosari vazifalarida ishlab kelgan.
2003-2006 yillarda Sultonov bosh vazir o‘rinbosari vazifasida, keyin esa 2011-yilgacha Chkalov nomli Toshkent aviatsiya zavodi direktori vazifasida ishlab kelgan.