Rossiya kosmik lazer sinovini o‘tkazadi

© NASAXalqaro kosmik stansiya
Xalqaro kosmik stansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eksperimentda RKK "Energiya" va mamlakatning barcha yetuk laboratoriyalari qatnashmoqda.

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Roskomos federal kosmik agentligi kosmosda energiyani simsiz uzatish borasida, noyob sinov tashkil qilmoqchi, RIA Novosti Izvestiya gazetasi xabari asosida.

Olimlar elektr simlari o‘rnida lazer nuri ishlatishni rejalashtirishgan. Uning yordamida Rossiya Xalqaro Kosmik stansiyasidan 1,5 km uzoqlikda bo‘lgan “Progress” transport korabliga elektr energiyasi uzatiladi.

“Eksperiment Korolev nomidagi “Energiya” Raketa-kosmik korporatsiyasi tomonidan o‘tkazmoqda. Loyhaga mamlakatning barcha yetuk laboratoriyalari jalb qilingan. Bugungi kunda biz ishlab chiqqan foto elektrik priyomniklarning samaradorligi 60 % ni tashkil qilmoqda”, — deydi RKK “Energiya”ning energetika tizimlari bo‘limi boshilig‘i  Vacheslav Tugayenko.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda quyosh energiyasini qabul qiluvchi foto elementlar samaraligi o‘rtacha 16 % ni tashkil qiladi, kosmik apparatlarda ishlatiladigan eng yaxshi fotoelementlar samaraligi 25% ga yetishi mumkin.  

Tugayenkoning so‘zlariga qaraganda RKK “Energiya” ishlab chiqarish bazasida lazer nurini masadga yo‘naltirish tizimi ishlab chiqilgan.  

Izlanuvchilar fikriga ko‘ra, bir kosmik apparatdan ikkinchi kosmik apparatga quvvatli moslamalar yordamida elektroenergiya uzatish va  qabul qilish tizimi yaratilishi, kosmosni o‘zlashtirishning yangi istiqbollarini ochadi.  

Sputniklarga qo‘shimcha zarad berish fikri o‘tgan asr o‘rtasidan beri olimlarni bezovta qilmoqda. Siolkovskiy nomidagi Rossiya Kosmonavtika Akademiyasi a’zosi Andrey Ioninning fikriga ko‘ra, bunday “qo‘shimcha zarad”, asosan bahosi qimmat va noyob sputniklar faoliyatini uzaytirish uchun kerak. Undan tashqari harbiy apparatlar uchun ham simsiz zarad yuborish tizimi kerak bo‘lishi mumkin, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0