TOShKENT, 27 noya — Sputnik. AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash olib borayotgan Turkiya havo kuchlari Suriya hududi ustida parvozlarni bekor qildi, Hurriyet gazetasi xabariga asosan.
Seshanba kuni Suriyada hududida Rossiyaga tegishli bo‘lgan Su-24 bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samolyot “havo-havo” turdagi raketa yordamida Turk havo kuchlari tomonidan urib tushirilganligini aytdi. Rossiya prezidenti ushbu fojeani “Terrorchilar hamtovoqlari tomonidan zimdan berilgan zarba” deb atadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi aytishiga qaraganda, bundan buyon barcha bombardimonchi samolyotlar himoya ostida uchadi. Himoya S-400 zenit-raketa kompleksi va “Moskva” kreyseri hamda qiruvchi samolyotlar yordamida amalga oshiriladi.