Erdo‘g‘an Putinga Parijda uchrashishni taklif qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Toyip Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti Toyip Erdo‘g‘an - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv 30-noyabrda Parijda bo‘lib o‘tadigan Iqlim Xalqaro anjumani doirasida bo‘lib o‘tishi mumkin.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyip Erdo‘g‘an Vladimir Putinga 30 noyabrya kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan Iqlim Xalqaro anjumani doirasida uchrashishni taklif qildi. Rossiya tomoni hozircha javob bergani yo‘q, RIA Novosti xabariga ko‘ra.   

Iqlim muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman Fransiya poytaxti Parijda 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Yelisey saroyi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 138 mamlakat rahbarlari anjumanda qatnashish istagini bildirdi.

“Men 30-noyabr kuni Parijda Putin bilan uchrashishini taklif qildim, lekin hozircha javob olganim yo‘q”, — dedi Erdo‘g‘an fransiyaning France 24 tekanali xabariga ko‘ra.

Oldinroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Parijda Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida alohida uchrashuv rejalashtirilmaganligi haqida xabar bergandi.

Payshanba kuni Rossiya prezidenti Su-24 samolyoti fojeasini izohlar ekan, Turkiya Rossiyaning urib tushirilgan samolyot uchun kechirim so‘rash, aybdorlarni jazolash va yetkizilgan zararni qoplash  borasidagi da’volarini javobsiz qoldirganini aytib o‘tdi.

Erdo‘g‘an bo‘lsa o‘z bayonotida “Kechirimni Turkiya chegarasini buzganlar so‘rashi kerak dedi”.  

Eslatib o‘tamiz 24-noyabr kuni Rossiya bombardimonchi samolyoti Su-24 Suriya hududnining Turkiya chegarasiga 1 km masofada Turkiya Harbiy-havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan edi. Ikki uchuvchidan biri parashutda tushish payti otib o‘ldirilgan edi. Rossiya va Suriya maxsus kuchlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qutqaruv operatsiyasi natijasida ikkinchi uchuvchi qutqarib qolingan.  

Yangiliklar lentasi
0