TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Rossiya Turkiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan, MDH mamlakatlari mahsulotlari evaziga voz kechishi mumkin, dedi Aleksandr Tkachev “Rossiya 1” Telekanaliga bergan intervusida, RIA Novosti xabariga asosan.
Hozirgi paytda Turkiya sabzavotlari umumiy importdan 20%ni tashkil qiladi. Turkiyadan olib kelinadigan sitrus mevalar hajmi 25%. Undan tashqari, Turkiya Rossiya bug‘doyining aosiy xaridorlaridan biri.
“Biz Turkiya sabzavotlari o‘rnini Eron, Ozarbayjon, Marokko, Isroil va O‘zbekiston mahsulotlari bilan bosishimiz mumkin. Sitrus mevalarni esa JAR, Argentina mahsulotlariga almashtiramiz. (Agar mahsulot embargosi kiritilsa – red.) Bu kundek ravshan, ishonavering”, — dedi Tkachev, Rossiya Turkiya mahsulotlaridan voz kechishi mumkinligi haqidagi vaziyatga izoh berarkan.
Turkiyaga bug‘doy eksporti bekor qilingan taqdirda ushbu mahsulot Yaqin Sharq va afrika mamlakatlariga yuborilishi mumkinligini aytdi Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Turkiya munosobatlarida ushbu inqiroziy vaziyat Suriya hududida Su-24 samolyoti Turk Havo kuchlari tomonidan urib tushirilganidan keyin sodir bo‘ldi. Rossiya prezidenti ushbu fojeani “Bu terrorchilar hamtovoqlari tomonidan, zimdan berilgan zarba”, — deb baholadi. Yana Putin ushbu voqea Rossiya Turkiya munosobatlari uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishini aytib o‘tdi.