YeI O‘zbekistonda bolalar mehnatidan voz kechishda erishilgan yutuqlarni qayd qildi

Obuna bo‘lish
YeI O‘zbekistonning bolalar mehnatidan voz kechishda erishilgan yutuqlarini va bu sohada Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorligini olqishladi.

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda ushbu sohada katta yutuqlarga erishilganligini ta’kidladi, RIA Novosti  xabariga ko‘ra.

Shu bilan birga YeI O‘zbekiston hukumatidan matbuotga bosimni kamaytirishni va qamoqxonada mahbuslarni saqlash sharoitini yaxshilashni so‘radi, Yevropa Tashqi ishlar xizmati xabariga ko‘ra.  

“YeI bolalar mehnatidan voz kechishda erishilgan katta yutuqlarni va O‘zzbekiston XMT bilan hamkorligiga yuqori baho berdi”, deyilgan O‘zbekiston va YeI dialogining 9 raundi yakuniy xulosasida.

Ushbu suhbat seshanba kuni Toshkentda, ichki ishlar, inson huquqlari va boshqa masalalar bo‘yicha “O‘zbekiston – YeI” qo‘mitasi majsili doirasida bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0