TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiya va Suriya maxsus kuchlari Su-24 uchuvchilarini qutqaruv operatsiyasini yakunladi, deb xabar berdi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
“Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Shturman bizning bazaga olib kelindi. U sog‘-salomat” – dedi ministr, Mudofaa vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda.
Ministr, operatsiya 12 soat davom etganini aytdi, va tuni bilan juda katta xatar ostida ishlagan yigitlarga minnatdorchilik bildirdi. Operatsiya oqshom soat 03.40 da yakunlandi.
“Men ushbu muvaffaqiyatli operatsiya haqida oliy qo‘mondonga (prezident Vladimir Putinga) xabar berdim. U operatsiyada qatnashgan barcha jangchilarga minnatdorchilik so‘zlarini yetkizishni so‘radi”, — dedi Shoygu.