Suriyada Rossiya vertoleti o‘qqa tutildi, bir jangchi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVertolet Mi-8 Rossiya
Vertolet Mi-8 Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Havo-kosmik kuchlarining ikki vertoloti qidiruv operatsiyasida qatnashayotgan paytida o‘qqa tutildi.

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Suriyaning Turkiya chegarasiga yaqin joyda qidiruv operatsiyasida qatnashayotgan Mi-8 vertoleti o‘qqa tutildi. Otishmadan keyin vertoletlardan biri yerga qo‘nishga majbur bo‘ldi, bir jangchi qurbon bo‘ldi, Rossiya bosh shtabi vakili Sergey Rudskiy xabariga ko‘ra.

Kecha Rossiyaning Su-24 samolyoti halokatga uchragan hududda Rossiyaning ikki MI-8 vertoloti qidiruv operatsiyasi olib borayotgan vaqtda yerdan o‘qqa tutilgan.

“Operatsiya davomida vertoletlardan biri yerdan o‘qqa tutildi va zarar ko‘rib neytral hududda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bir jangchi qurbon bo‘ldi”, dedi Rudskiy.

Uning so‘zlariga qaraganda halokatga uchragan Rossiya samolyoti uchuvchilari qidirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha seshanba kuni Rossiyaning Su-24 samolyoti Suriya va Turkiya chegarasiga yaqin joyda, Turkiya qiruvchi samolyoti F-16 raketa hujumi natijasida halotkatga uchradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchilar samolyot qulashidan oldin, parshut yordamida sakrashga ulgurishgan. Samolyot Suriya hududida, Turkiya chegarasidan 4km masofada qulab tushdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin  vaziyatni baholar ekan: “Bu terrorchilar hamtovoqlarining orqadan berilgan zarbasi” dedi.

Yangiliklar lentasi
0