Su-24 halokati: NATOning bunga munosobati va Rossiya va Turkiya orasida parvozlar bekor qilinishi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishOtaturk xalqaro aeroporti
Otaturk xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Su-24 halokati munosobati bilan, Turkiya TIVga chaqirtirildi. Rossiya Davlat Dumasi Rosaviatsiya muassasasiga Rossiya havo kemalariga terrorchilik xuruji kuchayganligi tufayli, Rossiya va Turkiya orasida parvozlarni to‘liq bekor qilish haqida murojaat qildi.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Suriyada Rossiya harbiy samolyoti halokati munosobati bilan, NATO Shimoliy Atlantika ittifoqining favqulodda kengashini to‘pladi.

Shimoliy Atlantika ittifoqi NATOning oliy boshqaruv organi hisoblanadi.

“Turkiya tashabbusi bilan chaqirilgan Shimoliy Atlantika kengashi majlisi soat 17:00 da boshlandi”, — dedi Ittifoq vakili va matbuot uchun hech qanday tadbir ko‘zda tutilmaganligini aytdi.

Hozir Turkiya ushbu mojaro tufayli Rossiya elchisini chaqirgan. Rossiya Davlat Dumasi bo‘lsa, Rossiya samolyotlariga tahdid kuchayishi munosobati bilan Rosaviatsiya muassasasiga Rossiya va Turkiya  orasidagi havo aloqasini butunlay to‘xtatishni so‘rab murojaatnoma yuborgan.

Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Suriya va Turkiya chegarasida harbiy samolyot halokatga uchradi

BMTning Jenevadagi rasmiy vakili Axmad Fuzi, Rossiya harbiy samolyoti bilan sodir bo‘lgan mojaro Suriyada terrorchilikka qarshi kurashish imkoniyatini qiyinlashtirishi mumkinligini aytdi. Yevrokomissiya bo‘lsa, ushbu mojaroni diqqat bilan kuzatib bormoqda va omillar to‘plamoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0