TOShKENT, 24 noya — Sputnik. V Suriyaning Turkiya bilan chegarasida Su-24 samolyoti halokatga uchradi, samolyot Rossiyaga tegishli va uning qulashi sababi – yerdan berilgan zarba, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Mudofaa vazirligi, harbiy samolyot faqat Suriya hududi ustida bo‘lganligini, va ushbu holat obyektiv vositalar yordamida qayd qilinganligini ta’kidlamoqda. Zarba berilishidan oldin samolyot olti ming km balandlikda bo‘lgan.
“Bugun, Suriya hududi ustida, yerdan o‘qqa tutilish natijasida(taxminan), Suriya Arab respublikasidagi Rossiya aviagruppasiga tegishli Su-24 samolyoti halokatga uchradi”, — deb xabar berdi harbiy muassasa.
Urib tushirilgan samolyot uchuvchilari samolyotdan parashut yordamida sakrashga ulgurishgan. Hozirgi vaqda ularni qidirish ishlari olib borilmoqda va samolyot qulashi sabablari o‘rganilmoqda.