TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Britaniyaning mashhur Populus tadqiqotlar markazi "Sputnik.Mneniya" uchun o‘tkazgan so‘rovi natijalariga ko‘ra, AQSh va Yevropaning 33% aholisi, migratsiya krizisining asosiy sababi, Rossiyada ta’qiqlan “Islom davlati” tahdidi tufayli deyishmoqda.
“Sizning fikringizga ko‘ra, Yevropada migratsiya krizisi sababi nima” degan savolga, AQShdan 32% so‘ralganlar “ID va boshqa tashkilotlar terrorchilik xavfi” deb javob berdi. Yevropda ushbu fikr tarafdorlani undan ham ko‘p – 37 %.
G‘arbiy va Sharqiy Yevropa aholisi fikrlari orasida ham farq bor. G‘arbiy Yevropa aholisining 11% migratsiya inqirozi sababi AQSh va uning ittifoqchilari harbiy faoliyati natijasi deb hisoblaydi. Sharqiy Yevropada budnay fikrga 23 % aholi qo‘shiladi, AQShda – 8%.
So‘rov Populus kompaniyaci tomonidan 2015 yilning 25-sentabrdan 15 oktabrigacha o‘tkazildi. Tadqiqotda Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Bolgariya, Vengriya, Chexiya va Polshadan 8000 ming kishi qatnashdi. So‘ralganlar yoshi, jinsi, turar joyiga qarab tanlangan. Har bir mamlakatda ishonch ehtimoli 95 % ni, ishonch intervali esa +/- 3,1% ni tashkil qildi.