Rossiyada kim eng ko‘p aroq ichadi, reyting

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMagazinda alkogol mahsulotlar
Magazinda alkogol mahsulotlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Reyting tuzishda, alkogolizm kasaliga duch bo‘lgan odamlar soni, alkogoldan vafot etganlar soni, alkogol ta’sirida sodir etilgan jinoyatlar soni, pivo, aroq sotilish hajmi ham hisobga olingan.

 

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. “Hushor Rossiya” federal loyhasi va axborot kommunikatsiyalari markazi bilan birgalikda Rossiya hukumatining hududlarda alkogol ichishga qarshi siyosati samarasini o‘rganishga qaratilgan.  

Tadqiqot natijasida eng kam ichadigan hududlar ro‘yxatiga shimoliy Kavkaz respublikalari, federal ahamiyatga ega bo‘lgan shaharlar va janubiy hududlar kirdi. Jumladan Checheniston, Ingushetiya va Dog‘iston respublikalari eng kam ichadigan hududlar. Moskva va Sankt-Peterburg 4 va 5 o‘rinlarlarda.  

Reytingning eng oxirgi qatorlaridan, ya’ni eng ko‘p aroq ichadigan hududlar qatoridan Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati va Nenesk avtonom okrugi. Eng oxirgi o‘rinda Yevrey avtonom oblasti.

Reyting tuzishda, regiondagi alkogolizm kasaliga duch bo‘lgan odamlar soni, alkogoldan vafot etganlar soni, alkogol ta’sirida sodir etilgan jinoyatlar soni, pivo, aroq sotilish hajmi ham hisobga olingan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0