TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Belgiya politsiyasi Brussel va Sharleruada yakshanba kuni o‘tkazilgan tintuvlar natijasida 16 kishini habsga oldi, deb xabar berdi Belgiya prokuraturasi rasmiy xodimi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Brusselning Molenbek-sen-Jan, Anderlext, Jett, Skarbek, Volyuve-sen-Lamber va Fore kommunalarida va Sharleruada tintuvlar o‘tkazildi.
“16 kishi vaqtincha hibsga olindi, ertaga sud tergovchisi ularning hisbs ostida qoldirish yoki ozod qilish haqida qaror qabul qiladi”, — dedi prokuratura vakili.
Shu bilan bir vaqtda rasmiy vakil tergov oxirga yetmagunicha ularning ismini oshkor qila olmaslgi aytdi.
Buyuk Britaniya TIV Belgiyadagi o‘z fuqarolariga, maxsus operatsiya munosobati bilan, ushbu mamlakat huquqni saqlash organlari talablarini to‘liq bajarishni tavsiya qilmoqda.
“Agar siz maxsus operatsiya o‘tkazilayotgan hududda bo‘lsangiz, Belgiya maxsus xizmatlari talablarini to‘liq bajarishingiz kerak”, — deyilgan Britaniya TIV murojaatnomasida.
Britaniya vazirligi o‘z fuqarolariga “odam ko‘p to‘planadigan, jumladan: konsertlar, yirik tadbirlar, stansiyalar, aeroportlar, jamoat transporti, katta savdo markazlariga bormaslikni va xavfsizlik xizmatlari tekshiruvlariga to‘g‘ri munosobatda bo‘lishni” so‘ramoqda.
Chet el maxsus xizmatlaridan olingan ma’lumotlarga asoslanib Brusselnig ba’zi kommunalarida tintuvlar o‘tkazildi. Ular qatorida Brusselning markaziy kommunasi va emigrantlar ko‘p yashaydigan Molenbek va Etterbek tumanlari ham. Ushbu operatsiya oxirgi yillarda o‘tkazilgan eng yirik maxsus operatsiya deyilmoqda. Uni o‘tkazish uchun politsiya va harbiy vertolotlardan foydalanildi.