OAV: Turkiya Rossiya zarbalari munosobati bilan BMTga murojaat qildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriya hududida joylashib olgan ID pozitsiyalariga Rossiya HKK tomonidan nuqtali zarba berish
Suriya hududida joylashib olgan ID pozitsiyalariga Rossiya HKK tomonidan nuqtali zarba berish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya BMT Xavfsizlik Kengashiga Rossiya Suriya shimolida joylashgan turkman qishlog‘lariga zarba berganligini xabar berib, ushbu vaziyatni tezkor ravishda ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Turkiya BMT Xavfsizlik Kengashiga Suriya shimolida joylashgan Bayirbujak aholi punkti yaqinida joylashgan turkman qishlog‘lariga Rossiya zarba berganligini xabar berdi va ushbu holatni tezkor ravishda ko‘rib chiqishni talab qilmoqda, RIA Novosti Anadolu axborot agentligi xabariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, Suriya prezidenti Bashar Asadning rasmiy murojaatidan keyin, Rossiya ushbu mamlakat hududining katta qismini egallab olgan “Islom davlati” terrorchilar guruhiga qarshi havodan zarba bera boshladi. 30-sentabrdan beri Rossiyaning Havo-kosmik kuchlari 2 mingdan ziyod jangovor parvozlar amalga oshirdi: yuzlab turrorchilar va ularning 3 mingdan ziyod harbiy obyektlari yo‘q qilindi.

31 oktabrda Misrda halokatga uchragan Rossiya yo‘lovchi samolyoti qo‘lbola portlovchi uskuna yordamida portlatib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu terrorchilik harakatida “Islom davlati” qo‘li borligi ma’lum bo‘lganidan keyin, Rossiya Havo-kosmik kuchlari Suriyadagi ID terrorchilarga zarba berishni kuchaytirdi. Zarbalar nafaqat harbiy obyektlarga, balki, terrorchilarning asosiy moliyaviy manbai bo‘lgan, neft mahsuloti qayta ishlash va tashish infraqurilmalariga, ham berila boshlandi.  

Turkiya TIV juma kuni, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi  Anlrey Karlovni chaqirib unga Suriya shimolida Bayirbujak aholi punkti yaqinida joylashgan, turkman qishloqlariga Rossiya Havo-kosmik kuchlari tomonidan zarba berilganligini aytib, norozilik e’lon qildi.

Axborot agentligi xabariga ko‘ra, Turkiya hukumati ma’lumotni armiya razvedkasidan olgan va uni AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya tomon bilan muhokama qilgan.  

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga qaraganda, Rossiya Suriyada tinch aholi qurbon bo‘lganligi haqida G‘arbdan hech qanday rasmiy ma’lumot olinmaganini ma’lum qildi.

Rossiya jangovor operatsiyasi boshlangan kunidanoq, AQSh va G‘arb mamlakatlari Rossiya zarbalari tinch aholiga va ijtimoiy obyektlarga tegayotganini e’lon qilishgan edi. Bunga javoban Rossiya, uchuvchisiz apparatlar yordamida suratga olingan o‘z zarbalari video tasvirlarini internetda namoyish qildi va G‘arb mamlakatlaridan dalil isbot keltirishni so‘radi.  AQSh, G‘arb mamlakatlari  va Saudiya Arabistoni o‘z ayblovlariga dalil keltira olmaganidan keyin, Rossiya bunday ayblovlarni kutilgan “axborot urushi”ning bir qismi deb e’lon qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0