TOShKENT, 20 noya — Sputnik. “Islom davlati” tarkibida jang qilayotgan Rossiyaliklarni fuqarolikdan mahrum qilish kerak va orqaga qaytib kelishga yo‘l qo‘ymaslik kerak deb hisoblaydi Igor Korotchenko, “Milliy mudofaa” jurnali redaktori va Mudofaa vazirlgi Ijtimoiy kengashi a’zosi.
Rossiya parlamentining ikkala palatasi birgalikda o‘tkazgan majlisida Terorrchilikka qarshi kurashni kuchaytirish borasida bir qator choralar ko‘rish taklif qilingan edi. Ular orasida terrorchilik uchun jinoiy javobgarlikni oshirish, terrorchilikni moliyalash uchun jinoiy javobgarlikka tortish, terrorchilar uchun o‘lim jazosini qayta qiritish, maxsus xizmat xodimlari vakolatini kengaytirish va boshqa choralar taklif qilindi.
Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko, aytilgan fikrlar borasida, ushbu choralar fuqarolarning konstitutsion huquqlarini buzmasligi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
“Majlisda ko‘pchillik ekspertlarning mulohazasi bilan hamohang fikrlar aytildi. Ushbu mulohazalar hozirgi zamon talablari va terrorchilikka qarshi kurash choralarini kengaytirish zaruratidan kelib chiqqan”, — dedi RIA Novostiga ekspert Igor Korotchenko.
Ekspert fikriga ko‘ra, ushbu choralarni amalga oshirish maxsus xizmatlarni qonuniy tomondan “qurollantirib” terrorchilikka qarshi kurashni va Rossiya fuqarolari hayoti va xavfsizligini himoya qilishni yanada samarali olib borish imkonini yaratadi.
Fuqarolikdan mahrum qilish
"Terrorchilkda shubhalanilgan kishilar orasida ham jiddiy tadbirlar olib borilishi kerak. Xususan, ID safida jang qilayotgan Rossiyaliklarni fuqarolikidan mahrum qilish va bir umrga Rossiya hududiga kirishga ta’qiq qo‘yishning qonuniy yo‘lini belgilash kerak <…>. Shu bilan bir vaqtda, vahobizm va boshqa diniy mafkuralar targ‘ibotchilarini bir umrga Rossiyadan badarg‘a qilish kerak”, — dedi Korotchenkov.
Internet nazorati
“Chet ellarda maxsum operatsiya o‘tkazish, ID rahbarlarining jismoniy yo‘q qilish va boshqa xalqaro aksil terror operatsiyalar o‘tkazish uchun maxsus xizmatlar vakolatini kengaytirish kerak, deb hisoblayman”, — dedi ekspert.
Korotchenkoning fikriga ko‘ra, maxsus xizmatlarning tezkor faoliyati uchun imkoniyatlarni kengaytirish kerak. Xususan internet-traffik ortidan nazorat uchun ham. Bu choralar terrorchilarni mumkin qadar tezroq topish va zararsizlantirish imkoniyatini yaratadi.
“Rossiyaga Yaqin Sharq va Shmoliy Afrikadan kelayotgan barcha internet-traffigi, jumladan elektron pochta xabarlari va boshqalar 100% nazorat ostida bo‘lishi kerak. Bu “Islom davlati” kabi yashirin tashkilotlar tarmog‘i tuzishni oldini oladi”, — dedi Korotchenkov.
Terrorchilik homiylariga – bir umrlik qamoq jazosi
“Terrorchilarga homiylik qilish masalasiga kelsak, ularga xuddi narkotik moddalar tarqatuvchilariga bo‘lgani kabi, qattiq jazo choralari qo‘llanilishi kerak. Misol uchun terrchilikni 500 ming rubldan ziyod moliyalash uchun – bir umrlik qamoq jazosi berilishi kerak”, — deb hisoblaydi ekspert.
Uning fikricha, terrorchilarni ekstremistik mafkura tarqatish imkonidan mahrum qilish uchun, alohida qamoqxonalarda, bir kishilik kameralarda saqlash kerak.