TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Bugun Afrikaning Malida davlatida yangi terakt sodir bo‘ldi. O‘n kishidan iborat jangarilar guruhi Mali poytaxtida joylashgan Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga hujum uyushtirishdi. Mehmonxonada 140 mehmon va 30 otel xodimlari bor edi.
Terrorchilar mehmonxonaga elchixona nomeri o‘ratilgan avtomobilda kirib kelishgan. Ularning dastlabki hujumi vaqtida 3 kishi qurbon bo‘lgan: ikki mehmonxona xodimi va bir fransuz, Frans Press axborot agentligi xabariga ko‘ra.
Mehmonxona garovga olingandan keyin terrorchilar besh kishini ozod qilishgan. Ular asosan musulmon davlatlari fuqarolari bo‘lgan va “Qurondan Sura aytib berishgandan keyin ozod qilingan”, Reyter agentligi xabariga ko‘ra. Xususan, ozod qilinganlar orasida Turkiya fuqarolari, “Turk Havo Yo‘llari” xodimlari bor, CNN Turk xabariga ko‘ra.
Xavfsizlik kuchlari yordamida yana yigirmaga yaqin kishi ozod qilindi. Shundan keyin ular hujumga o‘tdi va yana 80 kishini ozod qilindi, Frans Press agentligi xabariga ko‘ra.
OAVlar xabariga ko‘ra asirga olinganlar orasida chet el fuqarolari juda ko‘p bo‘lgan.
Rossiya TIV va Malidagi Rossiya elchixonasi xabariga ko‘ra, hujum vaqtida mehmonxonada Rossiya fuqarolari bo‘lmagan.
Malidagi Xitoy elchixonasi xabariga ko‘ra asirga olinganlar orasida kamida 10 Xitoy fuqarosi bo‘lgan.
Hindistonning NDTV telekanali xabariga ko‘ra, hujum vaqtida mehmonxonada 15 Hindiston fuqarosi bo‘lgan.
Germaniya va Fransiya mehmonxonada bo‘lgan o‘z fuqarolari haqida hozircha aniq ma’lumotga ega emas.