Xitoy politsiyasi Sinszanda 28 terrorchini yo‘q qildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishXitoy politsiyasi
Xitoy politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy huquqni saqlash organlari 56 kun davomida 28 terrorchidan tashkil topgan guruhni yo‘q qildi.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Xitoy politsiyasi mamlakat shimolida, ko‘mir shaxtalaridan biriga hujum uyushtirgan, 28 terrorchidan iborat radikal ekstremist guruhni yo‘q qildi, RIA Novosti Sina axborot portali ma’lumotiga asosan.

Ma’lumotlarga qaraganda, 18-sentabr kuni guruh tog‘li tumanlardan birida joylashgan ko‘mir shaxtalasiga hujum qilgan. Ushbu jinoyat natijasida 11 kishi qurbon bo‘lgan va 18 kishi yaralangan.

“Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, Sinszan viloyatida, chet eldan boshqarilayotgan terrorchi guruh yo‘q qilindi”, — deb xabar berdi yangiliklar portali.

2008 yildan boshlab, terrorchi guruh a’zolari ekstremistik mazmundagi videofilmlar tomosha qilishgan va diniy ekstremizm g‘oyalarini qabul qilishgan. Undan tashqari jangarilar chet ellik ekstremistik tashkilotlar vakilari bilan ko‘p marta aloqaga chiqishgan. Chet ellik ekstremistlar guruh a’zolaridan “sodiqlik qasamini” talab qilishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0