BMT natsizmni oqlashga qarshi kurash rezolyutsiyasini qabul qildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishOsvensim konslageri asirlari
Osvensim konslageri asirlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya taklif qilgan rezolyutsiyani 126 davlat qo‘llab quvvatladi, 53 mamlkat ovoz bermadi, AQSh, Ukraina va Kanada - qarshi ovoz berishdi.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Bugun BMT Bosh assambleyasining Uchinchi qo‘mitasi deputatlari, Rossiya taklif qilgan natsizmni oqlashga qarshi rezolyutsiyani  qabul qildi. Unga ovoz berish jarayonida 126 davlat qo‘llab quvvatladi, 53 mamlkat ovoz bermadi, AQSh, Ukraina, Kanada va Palau – rezolyutsiyaga qarshi ovoz berishdi, BMT matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Hujjatda natsizm, neonatsizmni oqlash, «Vaffen SS» guruhining askarlarini qahramonlarga aylantirish, ularga yodgorliklar o‘rnatish va ularga bag‘ishlab ommaviy namoyishlar o‘tkazilishi bezovtalik uyg‘otmoqda, deyilgan.

“Ushbu hujjatni qabul qilar ekan, Bosh Assambleya neonatsizm, neofashizm, irq va millat ustunligiga asoslangan tajovuzkorona mafkuralarni qo‘llab quvvatlashni qattiq qoraladi. Bunday hati-harakatlarni hech qanday vaziyat oqlamaydi”, — deyilgan xabarda.  

Bosh Assambleya shu qatorda, Ikkinchi Jahon urushi vaqtida fashizmga qarshi kurashgan askarlar yodgorliklarini buzish, ularning qabrlarini ko‘chirish holatlaridan tashvishda ekanligini ta’kidladi va davlatlarni yodgorliklarni qo‘riqlash bo‘yicha o‘z burchlarini to‘liq ado etishga chaqirdi.

Shu qatorda, rezolyutsiyada Xolokostni tan olmaslik borasida qilingan har qanday harakat qoralanishi ta’kidlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0