TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbek tadbirkorlari Yevropa korxonalariga “Boshqaruv kadrlar tayorlov” dasturi orqali yuboriladi, deyilgan loyha sahifasida.
Loyha maqsadi, kichik va o‘rta biznes korxonalarida boshqaruvchi malakali menedjerlar sonini oshirish.
“YeI kompaniyalarida bo‘lib o‘tadigan trening va stajirovkalar paytida, O‘zbekistonlik menedjerlar o‘zlarining yevropalik hamkasabalari bilan tajriba almashish, zamonaviy boshqaruv usullari bilan tanishish va Yevropada tadbirkorlik qilish madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, — deyilgan tashkilotichilar e’lonida.
Menedjerlarni tayorlash dasturi xarajatlari Yevropa Ittifoqi tomonidan qoplanadi. O‘zbekistonliklar Britaniyaning WYG International Limited va “Birmingem savdo palatasi", Fransiyaning "Il-de-Frans" va Gretsiyaning PLANET S.A. korxonalariga yuboriladi.