Islom Karimov va Navoz Sharif Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi

© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanPokiston bosh vaziri Navoz Sharif va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomonlama deklaratsiya va iqtisodiy, siyosiy sohalarda bir necha shartnomalar imzoladilar.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif Afg‘onistondagi vaziyatni va Pokistonning ShHTga kirish jarayonini muhokama qilishdi.

“Xalqaro konsensus va tinch muzokaralar yordamida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish – bu bizning umumiy qarorimiz”, — dedi Islom Karimov uchrashuv oxirida.

O‘zbekiston prezidentining fikriga ko‘ra “Afg‘oniston  nafaqat yaqin, balki uzoq chel el davlatlariga ta’sir qiladigan geosiyosiy hududligicha qolmoqda”.  

Pokiston bosh vaziri, o‘z o‘rnida, ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish,  regionda transport loyhalarini rivojlantirish yo‘li bilan Afg‘onistonva O‘rta Osiyoda tinchlikni ta’minlash uchun qilinayotgan sa’y-harakatlarni ta’kidlab o‘tdi.

ShHTda bu yil raislik qilayotgan O‘zbekiston, “Hindiston va Pokistonning  ShHT doimiy a’zoligiga qabul qilish jarayoniga katta e’tibor berayotganini” ta’kidladi.

“Biz tomondan Hindiston va Pokistonni ShHTga qabul qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqarilgan va hozir u  barcha manfaatdor tomonlar tomonlar ko‘rigida”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.  

Uchrashuv so‘nggida tomonlar umumiy deklaratsiya imzoladilar va siyosiy hamda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator hujjatlarga qo‘l qo‘ydilar.

Dastur rejasiga binoan, Navoz Sharif chorshanb kuni Samarqandga yo‘l oladi.

Yangiliklar lentasi
0