TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya Havo-kosmik kuchlari Suriyadagi “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga qarshi kuchli zarbalar berdi. Sergey Shoyguning Putinga bergan hisobotiga ko‘ra, jangovor parvozlar soni ikki baravar oshirildi.
“Jangovor operatsiyaning birinchi kunida 127 jangovor parvoz ko‘zda tutilib, 140 harbiy obyekt va jangarilar to‘dasi yo‘q qilindi. Operatsiya hali davom etmoqda”, — dedi vazir.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya harbiylari suriyada jangovor topshiriqlarni bajara turib, Rossiya fuqarolarini himoya qilishayotganini aytdi.
“Hurmatli o‘rtoqlar, suriyada jangovor vazifalarni bajara turib, siz Rossiyani va uning fuqarolarini himoya qilasiz. Sizlarga xizmatingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman va omad tilayman”, — dedi Putin Mudofaa vazirligi majlisida.
Hozirgi paytda Rossiya Suriyadagi terrorchilarga qarshi kurashish uchun yangi reja ishlab chiqdi. Ushbu rejaga ko‘ra, ID jangarilariga Rossiya hududidan turib 25 uzoq aviatsiya samolyotlari yordamida zarba berish ko‘zda tutilgan.
Zarbalar strategik raketa tashuvchi samolyotlar Tu-160, Tu-95MS va Tu-22M3 samolyotlari yordamida beriladi.