TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi, prezident matbuot xizmati xabari asosida.
Toshkent xalqaro aeroportida, Pokiston hukumat rahbarini O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi va Pokiston delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgohga kuzatib qo‘ydi.
Pokiston bosh vaziri Toshkentga 2 kunlik tashrif blan keldi.
Navoz Sharif O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan keng ko‘lamli maslalar borasida muzokaralar olib boradi. Ular orasida O‘zbekiston va Pokistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari va o‘zaro manfaatli bo‘lgan mahaliy va xalqaro muammolar bor.