TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Sharm el-Sheyx aeroprtining ko‘plab xizmatchilari ustidan kuchli tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Bu A321 samolyoti halokati bilan bog‘liq.
Oldinroq, Reyter agentligi, Misr Xavfsizlik xizmatidagi manbaaga ko‘ra, aeroportning ikki xizmatchisi qo‘lga olinganligini xabar bergandi. Ular A321 samolyotiga portlovchi uskuna o‘rnatganlikda ayblanmoqda. Ushbu fojea munosobati bilan Misrda umumiy hisobda 17 kishi hibsga olingan.
Oldinroq Rossiya maxsus xizmati A321 samolyotida terakt uyushtirgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun 50 mln dollar mukofot va’da bergan edi.
224 kishining umrigan zomin bo‘lgan A321 samolyoti falokati Rossiya va Sovet ittifoqi tarixida eng katta fojea deb tan olindi.