TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Kaluga viloyatida sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarolari zarar ko‘rmadi, Favqulodda holatlar vazirligining Kaluga Boshqarmasi Sputnik muxbiriga bergan xabariga asosan.
16 noyabr kuni ertalab M3 “Ukraina” avtomobil yo‘lining 274km da, Kaluga viloyatining Dumchinsk tumani hududida, Chevrolet Lacetti va MAN avtomobillari to‘qnashuvi haqida Kaluga FHV xabar bergan edi.
Ushbu voqeadan keyin ba’zi internet OAVlarida ushbu YT hodisasida besh O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘lganligi haqida yangilik tarqatildi.
Kaluga viloyati FHV matbuot xizmatida, xabariga ko‘ra, ushbu YTHda uch Tojikiston fuqarosi va ikki Ekvador fuqarosi qurbon bo‘lganligini aytishdi.
“2015 yil 16-noyabr soat 7:55 da Kaluga viloyati operativ navbatchilik boshqaruv markaziga yo‘l transport hodisasi haqida ma’lumot keldi. Unga ko‘ra Kaluga viloyatining Dubchinsk tumanida, M3 “Ukraina” avtomobil yo‘lining 274km da ikki transport vositasi to‘qnashuvi natijasida, Chevrolet Lacetti avtomobilida bo‘lgan besh kishi qurbon bo‘lganligi haqida ma’lumot berilgan. Qurbonlar orasida uch Tojikiston fuqarosi va ikki Ekvador fuqarosi borligi aytilgan”, — deb xabar berdi Sputnik muxbiriga Favqulodda holatlar vazirligining Kaluga Boshqarmasi matbuot xizmati.
Avariya sodir bo‘lgan joyda FHVning Kaluga viloyati bo‘linmasidan o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi bo‘linmalari, Davlat Avtomobil nazorati patruli va Tez yordam brigadasi ishlashdi. YTH oqibatlarini bartaraf qilish uchun jami 9 kishi va 3 texnika xizmatidan foydalanilgan.