TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekistonda gazda ishlaydigan avtomobillarga maxsus belgi qo‘yish haqida qonun qabul qilindi, deb xabar berdi lex.uz sayti.
Ushbu hujjat M (yo‘lovchi va yuk tashish) hamda N (yuk tashish) kategoriyasidagi avtomobillar O‘zbekiston hududida ishlab chiqarish, qayti jihozlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
Ushbu qoidalar yarim yildan keyin kuchga kiradi. Gazda ishlaydigan avtomobillarga qo‘yiladigan talablardan biri bu – ularga tanituvchi belgi qo‘yish.
Reglamentda gaz balloni o‘rnatadigan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar, balonga texnik xizmat ko‘rsatish, ishlatish va sinovdan o‘tkazish talablari batafsil keltirilgan.
Reglametga ko‘ra, GBU o‘rnatish, uni ishlab chiqargan zavod talablariga binoan olib borilishi kerak. Agar u bo‘lmasa – belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan texnik loyhaga asosan o‘rnatilishi kerak.