TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Toshkentning Chilonzor tumanida bir necha uylar aholisi bolalar maydonchasi va obodonlashtirilgan hudud o‘rniga yangi obyekt qurish rejasi munosobati bilan Bosh prokuraturaga murojaat qilishdi, "Gazeta.uz" xabariga ko‘ra.
Vazirlar mahkamasiga qilingan murojaatda mahalliy aholi xususiy mulk huquqi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bolalar maydonchasini va obodonlashtirilgan maydonni saqlab qolishni va yangi obyekt qurilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan.
Mahalliy hokimiyat yaqindagina qurilgan bolalar maydonchasi va avtomobillar turar joyini buzib tashlab, yangi obyekt qurishga ruxsat bergan.
Nashr xabariga ko‘ra ushbu yer borasidagi tortishuv bir necha yildan beri davom etib kelmoqda. Bo‘lib o‘tgan sud jarayonlari natijasida u bir necha marta qo‘ldan qo‘lgan o‘tib kelgan.
Chilonzor tumani hokimining 2013-yil 19-iyuldagi qarori bilan ushbu yer uchastkasi OOO Best Universal Group korxonasiga ajratib berilgan edi. U yerda avtomobillar uchun turar joy, bolalar maydonchasi va chiqindi konteynerlari uchun joy tashkil qilingan edi.
“Vanihoyat bu yerda toza, ko‘zni quvontiriadigan joy paydo bo‘lgan edi. Bolalar o‘ynash uchun cheklangan maydoncha, avtoulov egalari uchun esa – jihozlangan avtomobillar turar joyi qurilgandi. Biz kerakli kommunikatsiyalarni o‘zkazdik, nazoratchilar xonasi, yoritish asboblari va olovga qarshi xavfsizlik uskunalari ham o‘rnatdik. Hozir videokuzatish uskunalari o‘rnatish niyatidamiz”, — deydi ushbu mahallada yashovchi Farxod Xo‘janov.
Lekin, barcha ish bitgach, yangi xo‘jayin paydo bo‘ldi va birinchi bo‘lib ekilganiga 60-yildan oshgan, diametri 1,25 metrdan katta daraxtni kesib tashladi va yangi obyekt qurishga tayorgarlik ko‘ra boshladi.