TOShKENT, 16 — Sputnik. Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keladi. Tashrif davomida prezident Islom Karimov va bosh vazir bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan, prezident matubot xizmati xabari asosida.
Navoz Sharif O‘zbekistonga Islom Karimovning taklifi bilan keldi.
“Tashrif dasturida ikki mamlakat rahbari uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitor va boshqa sohalarda rivojlanish ustuvorliklarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Undan tashqari regional va xalqaro muammolar bo‘icha fikr almashish ko‘zda tutilgan”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishangan hujjatlar imzolanadi.