TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Fransiya hukumati Parijda sodir bo‘lgan terakt va otishmalar munosobati bilan davlat chegaralarini yopishga qaror qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
Fransiya prezidenti Fransua Ollandning so‘zlariga qaraganda ba’zi ijtimoiy obyektlar yopiladi, transport harakati to‘xtatiladi va butun poytaxt bo‘ylab qidiruv ishlari olib boriladi.
“Biz, terrorchilik uyushtirish uchun hech kimni mamlakatga kirib kelmasligi va ushbu jinoyatlarni sodir qilganlar mamlakatdan chiqib keta olmasligiga amin bo‘lishimiz kerak”, — dedi prezident ushbu holatni izohlab.
U aholi xavfsizligini ta’minlash uchun hukumat barcha kuchlarni oyoqqa turg‘izishini ta’kidladi.